7 dekabr kuni vazirliklar, idoralar rahbarlari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tasarrufidagi departamentlar xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Jasurbek Xo‘jayevni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunining 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni bilan taqdirladilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Jasurbek Xodjaevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
