TshIU rektori Check Point Software Ltd vakillari bilan uchrashdi

26-iyun kuni Isroilda xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov butun dunyo bo‘ylab korporativ korxonalar uchun kiberxavfsizlik yechimlari yetkazib beruvchi yetakchi bo‘lgan TshIU hamkori Check Point Software Ltd. vakillari bilan uchrashdi.
O‘tgan yili Toshkent shahridagi Inha universiteti “Check Point Software Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda TshIU talabalari uchun sertifikatlangan CCSA kurslarini yo‘lga qo‘ydi.
Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi kelishuvga erishdilar:
⁃ Universitetning barcha talabalari uchun bepul kurslar tashkil etish (CCSA, CCSE, CCSP va boshqalar)
⁃ O‘zbekistonda axborot xavfsizligi bo‘yicha direktorlar uchun individual kurslar yaratish
⁃ Inha talabalari uchun qo’shma yozgi lager yaratish
⁃ O’zbekistonda Check Point Software Ltd yechimlari va mahsulotlarini tarqatish bo’yicha hamkorlik shartnomasini tuzish.