TshIU rektori «City Zone»ga tashrif buyurdi

26-iyun kuni Isroilda xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov CityZone kompaniyasi direktori Gabi Kaminskiy bilan uchrashdi.
City Zone startaplar bilan ishlab va fuqarolar hayotini yaxshilash uchun kelajakdagi shahar hududlarini loyihalashtiradi.
Gabi Kaminskiy kampus mehmonlari uchun City Zone ekotizimiga sayohat uyushtirdi. Uchrashuv yakunida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun startap challenjlari va xakatonlar tashkil etishga qaror qilindi.