26-iyun kuni Isroilda xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Isroilning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri – Technion – Isroil Texnologiya Universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.
Technion 1912-yilda tashkil etilgan va butun dunyodan fan, muhandislik va texnologiya boʻyicha talabalar tahsil oladigan Isroildagi eng yirik universitetdir.
Uchrashuv davomida kiber-hakaton, yozgi amaliyot dasturlar, tajriba almashish, shuningdek, talabalar uchun qo‘shma konferensiya va seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
