2022-yilning 23-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Toshkent – Seul: kelajakka nazar” ekspert forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati bo‘ldi.
Tadbir davomida Koreya va O‘zbekistondan siyosiy idoralar mutasaddilari, olimlar va tahlilchilar ma’ruza qildilar.
Ekspertlar forumida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Jalalov ham “Raqamli ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. M.Jalalovning ma’ruzasida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini raqamlashtirishni rivojlantirish xususiyatlariga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Toshkent shahridagi Inha universitetining bu boradagi tajribasi haqida ham to’xtalib o’tildi.
