TShIU rektori «Thailand International IACIO Summit 2024» da ishtirok etdi

2024-yil, 18-19-noyabr kunlari Bangkok shahrida Xalqaro IT direktorlar akademiyasining (IAC) «Thailand International IACIO Summit 2024» sammiti bo‘lib o‘tdi. Tadbir xalqaro boshqaruv va raqamli transformatsiya sohasidagi global muammolar va innovatsion yechimlarni muhokama qilish uchun asosiy platformaga aylandi.
Sammit turli mamlakatlarning yetakchi ekspert va mutaxassislarini birlashtirdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov sammitda onlayn tarzda ishtirok etdi. U o‘z nutqida ta’lim sohasidagi hamkorlik, ayniqsa, IT-liderlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi. Sun’iy intellekt, barqaror rivojlanish, kiberxavfsizlik va strategik hamkorlik kabi mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro ekspertlarning taqdimotlari, panel muhokamalari, shuningdek, IT-direktorlar uchun tajriba almashish seksiyalari o‘tkazildi.
Ushbu tadbir netvorking va tajriba almashish uchun yaxshi platformaga aylandi.