2022-yil 27-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov G‘arbiy Kaspiy universitetiga tashrif buyurib, mazkur universitet rektori Husayn Bagirov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik, qo‘shma forumlar, konferensiyalar, universitet talabalari uchun xakatonlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Talabalar va professor-o‘qituvchilarning amaliyot o‘tash dasturi ham muhokama qilindi. TShIU rektori G‘arbiy Kaspiy universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi, shuningdek, kampus bo‘ylab sayohat davomida ushbu ta’lim muassasasining barcha diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirdi.
Eslatib oʻtamiz, Ozarbayjondagi birinchi nodavlat oliy taʼlim muassasasi boʻlgan Gʻarbiy Kaspiy universiteti 1991-yilda tashkil etilgan. Gʻarbiy universiteti 1992-yildan YUNESKO huzuridagi Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi, 1996-yildan menejmentni rivojlantirish boʻyicha Yevropa jamgʻarmasi va 1999-yildan Qora dengiz mintaqasi universitetlari tarmogʻi aʼzosi.
