11-12 may kunlari Samarqand shahridagi “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar majmuasida “WORLD EDU 2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko’rgazma iqtidorli va muvaffaqiyatli talabalarga xalqaro ta’lim imkoniyatlari, stipendiyalar, shuningdek, ulat tanlagan universitetlar ta’lim grantlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Ko’rgazma davomida panel muhokamalari va biznes sessiyalar o’tkaziladi. Biznes sessiyada Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Kelajak ta’limi: Yangi O‘zbekiston nuqtai nazarida” mavzusida ma’ruza qildi. M.Djalalov o‘z nutqida, eng avvalo, Yangi O‘zbekistonning eng ustuvor strategik vazifalaridan biri – davlat ta’lim tizimini jadallashtirish imkonini beradigan darajaga ko‘tarishdan kelib chiqib, zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda mamlakatning barqaror rivojlanishi bugungi kun uchun juda dolzarb bo‘lgan bir qancha savollarga javob berdi.
