TshIU rektori Yaponiya xalqaro forumida ishtirok etdi

27-yanvar kuni Yaponiyada oflayn-onlayn formatda “Insonga yo‘naltirilgan va texnologik innovatsiyalarning madaniy istiqbollari” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro forumda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov ma’ruzachi sifatida “Innovatsion ekotizim va barqaror mintaqaviy rivojlanishni shakllantirishda universitetlarning roli: Toshkent shahridagi Inha universiteti tajribasi va kelajakdagi istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Forum Osiyodan tadqiqotchilarni jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, Stenford va Berkli, Koreya, Yaponiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston universitetlaridan ma’ruzachilar ishtirok etishdi.

“Toshkent shahridagi Inha universitetimiz misoli bizga Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini o‘rganish imkoniyatini beradi, bu esa universitetlarni shakllantirish, innovatsion ekotizimlarga va barqaror rivojlanishga ko‘maklashishdagi ulkan salohiyatini ifodalaydi, – dedi universitet rektori Muzaffar Djalalov o’z nutqida.