2022-yil 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd” kompaniyasi zavodiga tanishuv tashrifi bo’lib o’tdi.
Kompaniya xodimlari TShIU talabalari uchun ekskursiya uyushtirdilar, shuningdek, ishlab chiqarishning barcha bosqichlari: butilkalar qanday tayyorlanishi, Coca-Cola ichimligining asosiy ingredientlari va kompaniya yagona sifat standartlariga qanday amal qila olishi haqida so’zlab berdilar.
