27-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan BMT va XEI bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Data Visualization» hakatoni bo‘lib o‘tdi. «Data Visualization» hakatoni mamlakatdagi hamda demografik va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o’rtasidagi raqamli tengsizlikni ochib berish uchun yoshlarning ijodiy va tahliliy qobiliyatlarini ishga solishga qaratilgan.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Mehrol Bazarov va Sarvar Bazarovlar faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar.
Talabalarimiz jamiyatdagi raqamli tengsizliklarni muvaffaqiyatli aniqladilar va bu tengsizliklar aniq bo’lishi uchun ma’lumotlarni vizualizatsiya qildilar va ushbu muammolarni hal qilish yo’llarini aniqladilar.
Talabalarimizni g’alaba bilan tabriklaymiz va kelgusida ulkan zafarlar tilaymiz!