2023-yil 8-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari, “Acadedmic Support club” vakillari Shoxrux Rustamov va Shoxrux Yahyoyevlar Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun TShIU haqida taqdimot o‘tkazdilar.
Talabalarimiz Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Eslatib o‘tamiz, “Academic Support Club” – bu onlayn va oflayn darslar tashkil etuvchi, o‘quvchilar bilan foydali materiallar bilan bo‘lishadigan va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan barcha savollarga javob beruvchi klubdir.
