O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida 3-7 oktabr kunlari bo’lib o’tadigan “Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko’rgazmasi” da Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o’z ishlanmalari va yaratgan loyihalari bilan faol qatnashmoqdalar.
Ushbu tadbirni TShIUning birinchi prorektori T.Tursunmuratov ochib berdi. Tadbir davomida yurtimizdagi IT hamda sun’iy intellekt yo’nalishida faoliyat olib boradigan IT universitetlar talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar va loyihalar namoyish etildi.
