27-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasi vakillarining talabalar uchun ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza “Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasi va uning salohiyati bilan tanishishga bag‘ishlandi. Talabalar kompaniya tomonidan taklif etilayotgan martaba istiqbollari, qiziqarli loyihalari va amaliyot dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Talabalarga o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarishlari mumkin bo’lgan turli ish va mutaxassislik yo’nalishlari taqdim etildi.
Ma’ruza yakunida eng faol talabalarga ma’ruzachilar tomonidan sovg‘alar topshirildi.