TShIU talabalari Xalqaro Debat chempionatining saralash bosqichi o‘yinlarida ishtirok etdilar

Talabalarimiz, Jasurbek Ma’murov, Rashid Zaynutddinov va Nodirjon Ergashevlar Westminster universitetida bo‘lib oʻtgan Xalqaro Debat chempionatining saralash bosqichi o‘yinlarida ishtirok etdilar va o‘yin yakunida faol ishtiroklari uchun mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o‘tish joizki, bu o‘yinda Oliy taʻlim muassasalaridan saralab olingan 8 ta eng faol va iqtidorli jamoalar, o‘z universitetlarini himoya qilgan tarzda, ishtirok etishga ulgurishdi va barchaga, bu debat musobaqasi katta tajriba orttirish imkoniyatini berdi.