Toshkent shahridagi Inha universitetida har bir talaba o‘z salohiyatini namoyon etishi, iqtidorini rivojlantirishi va jismoniy salomatligi haqida qayg‘urishi mumkin. Ishonchimiz komilki, muvaffaqiyatli kelajak insonning barkamol rivojlanishidan boshlanadi va bunda sport muhim rol o‘ynaydi.
Ta’til davrida universitet futbol musobaqalarini tashkil etdi. Talabalarimiz dam olish davrida ham o‘z-o‘zini rivojlantirish va faol hordiq chiqarish uchun qulay imkoniyatlarni ular uchun yaratish biz uchun muhimdir. Futbol o‘yinlarini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini davom ettirish, jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash va yaxshi kayfiyatni uyg‘otish imkonini beradi.
