🔹Toshkent shahridagi Inha universiteti “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakulteti 3-bosqich talabasi Mehrol Bazarov 1676 nafar talaba orasidan Beruniy Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
✅ Bazarov Mehrol IT sohasida oʻtkazilgan tanlovlarda, texnik, tabiiy va gumanitar fanlar boʻyicha 60 dan ortiq xalqaro tanlovlarda qatnashib, koʻplab mukofot va diplomlarga sazovor boʻlgan.
Datacamp, mGovAward Final, Programming Foundations: Databases – LinkedIn, Educational Test Contest, Telegram global ta’lim tanlovi kabi nufuzli tanlovlar ishtirokchisi va g‘olibi bo’lgan.
✔️ Universitetimizning iqtidorli talabasini erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz va keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
