2024-yil 15-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Seds for the Future 2024” Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan ishtirokchilarni birlashtirdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda IT-iqtidorlarini rivojlantirishda Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik muhimligini ta’kidladi.
Huawei ME&CA texnik direktori janob Faysal Amir Malik talabalar bilan “Accelerating Industrial Intelligence with Wi-Fi 7” mavzusida Tech Talk o‘tkazdi va #ImagineWiFi7 tanlovi natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Abror Musulmonov tanlov g‘oliblaridan biriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 11-18-avgust kunlari Toshkent shahrida #SeedsForTheFuture 2024 flagman ta’lim dasturida 150 nafar talaba ishtirok etmoqda. Loyihada Toshkent shahridagi Inha universitetidan 3 nafar talaba ishtirok etmoqda: Malikaxon Rustamova, Navfalbek Maxfuzullayev va Shohruxbek Rustamov.
Bir haftalik o‘quv dasturi davomida ular IT-texnologiyalar, ilmiy va texnologik yetakchilik, global mavzular bo‘yicha muhokamalar va Tech4Good guruh loyihalari bo‘yicha intensiv treninglar va seminarlarda ishtirok etadilar.