TshIU talabasi o’z jamoasi bilan Silikon Vodiysiga yo’l oladi

Nodira Tillaeva – Toshkent shahridagi Inha universitetining SOCIE fakulteti talabasi
“Men 2017-yildan buyon “Technovation Challenge” loyihasida ishtirok etib kelmoqdaman. Bu yil “Technovation Challenge” tanlovida mentor sifatida 15-17 yoshli qizlardan iborat jamoani yig‘ib, ular bilan o‘z loyihamizni ishlab chiqdik.
  Technovation Challenge — butun dunyo boʻylab ITga qiziquvchi qizlar oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro tanlovdir. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad jamiyatimizdagi muammolarni hal etuvchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga mos loyiha yaratishdan iborat.
Biz maktablarda fizika, kimyo, biologiya fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar va  laboratoriyalarni tanqisligi mavzusini tanladik va o‘quvchilar tajriba o‘tkazishi mumkin bo‘lgan VR laboratoriyasini ishlab chiqdik.
Bizning loyihamiz 2000 dan ortiq loyihalar orasidan dunyo bo’ylab eng yaxshi 5 talikka kirdi. Dasturning yakuniy bosqichida loyihani taqdim etish uchun bizni shu yilning oktyabr oyida Kremniy vodiysiga taklif qilishdi”.
🍀Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va jamoaga ulkan muvaffaqiyatlar va katta g’alabalar tilab qolamiz!