TShIU to‘rt tomonlama memorandum imzoladi

30-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti , INCODA akademiyasi va Singapur xalqaro maktabi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu muhim qadam ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirishda yangi bosqich boshlanganining ramzidir.
Memorandum doirasida tomonlar har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo’yadilar, ta’lim sohasida qo‘shma simpoziumlar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etadilar. Shuningdek, qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish, yuqori malakali kadrlar, mutaxassislar tayyorlash, tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan. Ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydigan innovatsion o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.