TshIU uchun jamoa sayohati

8-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari So’qoq tog’lariga sayohat qildilar. Sayohat universitetning qulay korporativ avtobusida tashkil qilinib, 50 nafar xodim, professor-o’qituvchilar bordilar. Xodimlar sayohat davrida tog’larning eng yuqori cho’qqilariga chiqdilar, turli sport o’yinlari o’ynadilar va vaqtlarini maroqli o’tkazdilar.
Bunday sayohatlardan maqsad xodimlar o’rtasidagi ahillikni mustahkamlash va ularga motivatsiya berish orqali ish faoliyati samaradorligini oshirishdir.