TshIU va DanAds memorandum imzoladilar

30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti va DanAds o‘rtasida memorandum imzolandi. Tomonlar talabalar uchun qo‘shma uchrashuv va dasturlar, mehmon ma’ruzalari, mahorat darslari va xakatonlar tashkil etishga kelishib oldilar. Shuningdek, DanAds’da TshIU talabalari uchun amaliyot dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.
DanAds oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadigan Shvetsiyaning eng yirik reklama texnologiyalarining yetakchi provayderi.