TshIU va DanAds vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

 

15-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida rektor Muzaffar Djalalov va DanAds kompaniyasi texnik direktori Johan Lildjelund o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o (//inha.uz/Z369)‘tdi.

Uchrashuvda Muzaffar Djalalov mehmonlarga universitet haqida taqdimot o‘tkazib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuvda tomonlar tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildilar.

DanAds – toʻliq avtomatlashtirilgan platforma orqali reklama sotuvchilarni istalgan hajmdagi reklama beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlaydigan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadigan Shvetsiyaning eng yirik reklama texnologiyalarining yetakchi provayderi.