TShIU va “Dream school” o‘rtasida memorandum imzolandi

2023-yil 3-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Dream School direktori Svetlana Shapilova bilan hamkorlik va o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Tomonlar birgalikda quyidagilarni amalga oshiradilar:
– o’quv, kognitiv va ilmiy tadbirlarni o’tkazish, shu jumladan masofaviy texnologiyalardan foydalanish;
– ma’rifiy tanlov va tadbirlarni o’tkazish;
– abituriyentlarni tayyorlash;
– talabalarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim faoliyatini rivojlantirish;
– fan olimpiadalarini o’tkazish.

Dream school – bu kompyuter fanlari, matematika va ingliz tilini chuqur o’rganadigan yuqori qulayliklarga ega xususiy maktab.