TShIU va INHA (Koreya Respublikasi) vakillari O‘zbekiston—Koreya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumida ishtirok etmoqda

27-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari va INHA universiteti (Koreya Respublikasi) delegatsiyasi O‘zbekiston—Koreya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumida ishtirok etdi.
2023-yil 27-28-mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro forumda 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.
Anjumanda ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ta’lim va fanni yanada integratsiyalashtirish, salohiyatli kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.