2023-yil 31-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TShIU rektori Muzaffar Djalalov va «LeverX Group» bosh direktori Aleksey Ulnirov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Eslatib o’tamiz, «LeverX Group» TShIU talabalari uchun kurslar o’tkazdilar. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar endilikda LeverX kompaniyasining SAP loyihalari ustida ishlamoqdalar.
