15-fevral kuni Koreyada xizmat safarida bo‘lgan MITC Raqamli ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sarvar Bo‘tanov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov NGII instituti (National Geographic Information Institute) direktori Cho Vusug bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Milliy geografik axborot instituti direktori Cho Vusug hamkorlik memorandumini imzoladilar. Memorandum doirasida tomonlar ilmiy-texnik seminarlar o‘tkazish, kurslarni tashkil etish, TShIU talabalari va o‘qituvchilarini turli NGII loyihalari va stipendiyalariga jalb qilish, shuningdek, yangi ta’lim dasturini ochishga kelishildi.
