TshIU va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasida memorandum imzolandi

22-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Sodir Meliboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, anglashuv memorandumini imzoladilar. Uchrashuvda umumiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari talabalarini ish bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlarining axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Memorandum imzolangandan so‘ng tomonlar qo‘shma loyiha va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida bir qator ishchi uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar.