23-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligida universitet xodimlari bilan birgalikda TIUEga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va TIUE rektori Nosir Xo‘jayev o‘rtasida memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar qo‘shma mahorat darslari, tanlovlar tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi “Uzluksiz ta’lim markazi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Shuningdek, ikki oliy o‘quv yurti yoshlar ittifoqi yetakchilari talabalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladilar.