20-fevral kuni “UZAUTO MOTORS” kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Mr. Bo Inge Andersson memorandum imzoladilar.
Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda:
– qo’shma loyihalarni amalga oshirish
– professor-o‘qituvchilarni malaka oshirishga jalb etish, shuningdek, universitet talabalari uchun texnologik va kasbiy amaliyotlarni tashkil etish.
– korxonaning yetakchi texnologlari va mutaxassislarini jalb etgan holda yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa texnik adabiyotlarni birgalikda nashr etish;
– birgalikda qo’shma ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish.