TShIU xodimlari sun’iy intellekt bo’yicha seminarni muvaffaqiyatli yakunladilar

13-23 sentabr kunlari «Uzbekistan public sector AI competency enhancement online education» mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv seminari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Koreya Respublikasi Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahridagi Inha universitetining 5 nafar xodimi ishtirok etib, olingan ma’lumotlarni o‘rganish va amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. TShIU xodimlari o‘quv seminarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarga ega bo‘ldilar.