2022-yil 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari Ugam tog‘iga sayohat qildilar. Jamoa sayohatini tashkil etishdan maqsad xodimlarning jipsligini mustahkamlashdan iboratdir.
Sayohat qulay korporativ avtobusda tashkil etildi. Xodimlar tog‘larda vaqtlarini maroqli va faol o‘tkazdilar, shuningdek, jamoaviy ruhni mustahkamlovchi turli qiziqarli o‘yinlar ham tashkillashtirildi.