2022-yil 11-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetining xodimlari uchun “Miyaning tuzilishi va ruhiy gigienasi. Inson miyasining yarim sharlari funksiyalarini diagnostika qilish, rivojlantirish usullari va trening mashg‘ulotlari» mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TshIUning barcha xodimlari ishtirok etishdi. Treningni Toshkent shahridagi Inha Universiteti psixologi D. Abduraxmonova olib bordi. Tadbir savollarga va bahs munozaraga boy tarzda o‘tdi.
