TShIU xodimlari uchun viktorina tashkil etildi

4-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida kasaba uyushmasi universitet jamoasi birgalikda dam olishlari uchun ⭐️IUT viktorinasini tashkil qildi.

Kecha davomida barcha xodimlar jamoalarga bo’linib, musiqa, kino, tarix va sport mavzulariga oid savollarga javob berdilar. G‘oliblarga sovg‘alar topshirildi. IUT viktorinasi mazali kechki ovqat bilan yakunlandi.