TShIUda “Aliftech” kompaniyasi vakillari tomonidan ma’ruza bo‘lib o‘tdi

2023-yil 3-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Aliftech kompaniyasi vakillarining talabalar uchun ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar uchun Dmitriy Lijin – Data Engineer , HR IT menejeri Ansora Bilolova va yetakchi arxitektor Iskandar Raximovlar kompaniyadagi yaratilgan imkoniyatlar va qanday qilib taniqli korxonalarda amaliyot o‘tash kabi   ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar.
Qayd etish joizki, Aliftech – O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat va to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan fintech mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyadir.