2022-yil 17-dekabr Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tashkil etilgan “Cyberton hackathon” finali bo‘lib o‘tdi.
Finalda Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 6 ta jamoa ishtirok etdi.
Hakaton “Capture the flag” formatida, ya’ni jamoaviy o‘yin ko‘rinishidagi musobaqa shaklida o‘tkazildi, uning asosiy maqsadi haqiqatga yaqin sharoitda raqibdan “bayroq”ni tortib olishdir. Jamoalar belgilarning noyob kombinatsiyasini (bayroq) olish uchun amaliy muammolarni hal qilishdi.
G‘oliblar axborot va kiberxavfsizlik sohasida zamonaviy amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun Jorjiyadagi WinterCampga borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
G‘oliblarni tabriklaymiz!
