2023-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi va unda IT-bilimlarni rivojlantirish markazi (IT Bilim) va uning platformasi – bilgi.uz ishga tushirildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park va IT-bilimlarni rivojlantirish markazi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etishdi.
Konferensiya ishtirokchilari yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashlarida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari, sifatli va arzon ta’limni rivojlantirishda ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘plab masalalar haqida so‘z yuritdilar.
Bilgi.uz platformasi loyihaning barcha ishtirokchilari — yoshlar, ta’lim muassasalari, abituriyentlar va moliyalashtiruvchi tashkilotning o’zida yagona elektron makonda lokalizatsiya qilish maqsadida tashkil etilgan.
