15-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda raqamli rivojlanish departamenti direktori Christine Zhenwei Qiang ma’ruza qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov tabrik so‘zi bilan chiqdi.
Christine Zhenwei Qiang ishtirokchilarga “Navigating the Future of Digital Transformation» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida u raqamli taraqqiyot tahlilini taqdim etdi va raqamli kelajagimizni shakllantiruvchi tendentsiyalarni muhokama qildi. Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti, Webster universiteti, Turin politexnika universiteti talabalari hamda yetakchi IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
