2022-yil 23-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshida faoliyat yurituvchi King Sejong instituti (Koreys tilini o‘rganish markazi) semestrining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir dasturida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videorolik, talabalarning chiqishlari, kurs talabalarining taqdimotlari va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, marosim doirasida o‘quv jarayonida eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalarga stipendiyalar topshirildi.
