2022-yil 18-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TshIU qoshida faoliyat yurituvchi King Sejong instituti (Koreys tilini o‘rganish instituti) ikkinchi semestrining yakuni marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir dasturi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha videoreportaj, talabalar chiqishlari (raqs, taekvondo), kurs talabalarining o‘z taassurotlari bilan bo’lishgani haqidagi taqdimotlaridan iborat edi. Shuningdek, marosim davomida o‘quv jarayonida eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalarga stipendiyalar topshirildi.
