TShIUda kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” sifatida nishonlanadi.
2023-yil 13-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida TShIU axborot-resurs markazi hamda “G‘ofur G‘ulom” nashriyot-matbaa uyi xodimlari bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarka yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi. Yarmarkada universitetimiz xodimlari va talabalari faol ishtirok etdilar.