TShIUda “Raqamli identifikatsiya va elektron xizmatlar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

2022-yilning 22-23-avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining AKT va IT-mutaxassislari ishtirokida “Raqamli identifikatsiya va elektron xizmatlar” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar Estoniyaning elektron identifikatsiyani boshqarish, raqamli identifikatsiyalashda biometrikadan foydalanish va barcha elektron xizmatlar bilan tanishdilar.