24-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Swift Launch asoschisi Stiven Lin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Tomonlar innovatsiyalar va tadbirkorlikni misli ko‘rilmagan darajada rag‘batlantirishga qaratilgan “StartUp Garage” qo‘shma loyihasini yo‘lga qo‘yadi, shuningdek, tez orada hamkorlik memorandumini imzolaydi.
