TshIUda talabalar uchun mehmon ma’ruza bo’lib o’tdi

 

15-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida DanAds CTO direktori Johan Lildjelund tomonidan universitet talabalari uchun ma’ruza o’qidi.

Ma’ruzachi “TshIU talabalari uchun DanAds’da amaliyot o‘tash imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza qildi hamda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va qimmatli tavsiyalar berdi.

Johan Liljelund o‘z ma’ruzasida talabalarga DanAds’da amaliyot o‘tashning noyob imkoniyati va bu ularning kasbiy faoliyatida muhim qadam bo‘lishi mumkinligi haqida so’zlab berdi. U reklama va texnologiya sohalaridagi tajribasi, bu sohada qanday ko‘nikma va fazilatlar qadrlanishi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, amaliy maslahatlar ham berdi.

Universitetimiz talabalari uchun o‘quv jarayoni davomida mehmon ma’ruzalari va biznes uchrashuvlarini o‘tkazish uchun Johan Liljelund kabi tajribali mutaxassislarni jalb qilish juda muhimdir. Bunday tadbirlar o’quv jarayonini sezilarli darajada boyitadi.