TshIUda talabalar uchun “Unitel TM Beeline MCH”ning Jaxborot texnologiyalari direktorining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

 

14-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Unitel TM Beeline” MChJ axborot texnologiyalari direktori Artem Kalivanovning talabalar uchun ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzachi “Loyihalarni boshqarish” mavzusida ma’ruza qildi va IT sohasidagi o‘zining 20 yillik tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Artem Kalivanov o‘zining yutuq va kamchiliklari haqida gapirib, zamonaviy IT olamida loyihalarni samarali boshqarish muhimligini ta’kidladi. Uning amaliy maslahatlari va tushunchalari talabalarga har qanday qiyinchilik va muammolarni hisobga olgan holda loyihalarni qanday boshqarish va muvaffaqiyatli yakunlashni tushunishga yordam berdi.