TShIUda «Ustoz va Murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

2022-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Ustoz va Murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘z ustozlari uchun bayram tadbiri uyushtirdilar. Talabalar video taqdimotlar, stend-up chiqishlari va tabriklar kabi bir qancha ijodiy chiqishlar tayyorladilar. Tadbirning yorqin qismlaridan biri «IUT Music Club» chiqishlari boʻlib, unda musiqa klubi aʼzolari oʻzlarining professional ijrolari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.