TShIUda web-dasturlash malakasini baholash tadbiri🚀

20-sentabr kuni Codepresso kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun web-dasturlash  kompetensiyalarini baholash tadbiri tashkil etildi. Ushbu tashabbus talabalarga o’z mahoratini namoyish etish va turli kompaniyalarda amaliyot o’tash uchun raqobatlashish imkonini berdi.
Baholash ishtirokchilarning bilim va qobiliyatlarini xolisona baholash imkonini beruvchi real loyihalar asosida amalga oshirildi. Yutuqlari uchun eng yaxshi ishtirokchilar sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Codepresso ishtirokchilar uchun amaliyot imkoniyatlarini taklif etadi. Amaliyot bo’yicha yakuniy qarorlar hamkor kompaniyalar tomonidan qabul qilinadi, tashkilotchilar ishtirokchilarga eng yaxshi takliflarni olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratadilar.
Ushbu tadbir talabalar uchun xalqaro kompaniyalarda amaliyot o’tash eshiklarini ochish uchun ajoyib imkoniyat bo’lib xizmat qildi va bu tajriba ularning martaba yo’lida muhim qadam bo’lishi mumkin!