TShIUda Women Techmakers IWD ’22 bo’lib o’tdi

Women Techmakers – bu Google tashabbusi boʻlib, texnologiya sohasida ayollar uchun ko’rinish, hamjamiyatlikda ishlash uchun resurslarni taqdim etadi.
Kompaniyaning maqsadi ayollarni texnologiya sohasida rag’batlantirish, rivojlantirish va e’tirof etishga qaratilgan.
Tadbir texnik mashg’ulotlar, ayollar uchun imkoniyatlar haqida sessiyalar va foydali amaliy seminarlardan iborat bo’ldi.
Tadbirda quyidagi mutaxassislar ma’ruza qildilar:
– Ummatoy Yo‘ldosheva, Alul Astra;
– Munira Bekmurodova, TopTal;
– Rayhona Nasimova, Techgirls bitiruvchisi;
– “Unisat” dasturi ishtirokchilari Nodira Tillaeva va Diyora Daminova;
– Xojarbu Xayitmetova, EPAM;
– Samira Isakova, ModMe;
– Mohinur Abdurahimova, O‘zbekiston Milliy universiteti;
– Kamilla Saloxova, EPAM;
– Azizbek Matchanov va Yolqin Alimov, Super Dispetcher;
– Fotima Xayrullaeva, EPAM.