9-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Electronic Media Services Ltd. bosh direktori Endryu Lambert, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi bank va moliyaviy xizmatlarni raqamli rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Rizaev tashrif buyurdi. Eslatib o‘tamiz, Endryu Lambert O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Mehmonlarni TshIU rektori Muzaffar Djalalov kutib oldi, mehmonlar uchun TshIU haqida taqdimot qilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qildilar.
