TShIUga Estoniya Respublikasi elchisi tashrif buyurdi

 

2023-yil 3-fevral kuni Estoniya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Toomas Tiers Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

TShIU rektori Muzaffar Djalalov mehmonni shaxsan samimiy kutib oldi. Tashrif davomida universitet haqida taqdimot o’tkazilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.